Toshkentda Onix bilan to‘qnashgan YPX mototsikli inspektori halok bo‘ldi

YTH 16-iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida patrullik mototsikli va Onix avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXX matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 16-iyul kuni soat 18:30 atrofida "Do‘rmon yo‘li" va “G‘azalkent” ko‘chalari chorrahasida yuz bergan. Uch nafar YPX inspektori patrullik mototsikllarida harakatlanayotgan vaqtda chorrahaga kirib kelgan Onix avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida patrullik mototsiklini boshqarib kelgan bir nafar YPX inspektori olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Tan jarohati olganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

YHXX ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa kortej kuzatuvi vaqtida sodir bo‘lgani haqida tarqalayotgan maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini taʼkidlab, asossiz xabarlarni tarqatmaslikka chaqirdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling