O‘zgidromet prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston hududining katta qismida havo haroratining keskin ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan ayrim temiryo‘l yo‘nalishlarida poyezdlar harakat tezligiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda Temiryo‘lekspress xabar berdi.
Qayd etilishicha, cheklovlar yo‘lovchilar va poyezdlar harakati xavfsizligini ta‘minlash, shuningdek, temiryo‘l infratuzilmasining barqaror va ishonchli ishlashini ta‘minlash maqsadida qo‘llanmoqda.
Shu sababli ayrim poyezdlar belgilangan jadvaldagi vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin.
Temiryo‘lekspress yo‘lovchilardan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni to‘g‘ri qabul qilishni so‘rab, mazkur choralar, avvalo, ularning xavfsizligini ta‘minlashga qaratilganini ta‘kidladi.