Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "Yangi Xonobod" MFYning sobiq raisi K.R. va uning o‘g‘li I.N. firibgarlikda gumon qilinmoqda.
Aniqlanishicha, ular MFYga murojaat qilgan olti nafar fuqaroning pasport ma‘lumotlaridan foydalanib, imzolarini soxtalashtirgan.
So‘ng onlayn savdo do‘konidan kredit evaziga turli maishiy texnikalarni xarid qilib, ularni naqd pulga sotgan va 187,4 mln so‘mlik kredit mablag‘larini o‘z ehtiyojlariga sarflagan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik hamda hujjatlarni qalbakilashtirish moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.