Termizda elektrdan noqonuniy foydalangan korxonaga 2,5 mlrd so‘mlik zarar hisoblandi

Korxonaga qarashli suv nasoslari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanilgan.

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "T. Sh. O."korxonasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Qayd etilishicha, korxonaga qarashli suv nasoslari elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasi noqonuniy ravishda iste‘mol qilingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr ta‘minoti korxonasiga 2 mlrd 547 mln so‘mlikzarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling