Toshkent–Bekobod yo‘nalishida yangi elektropoyezd qatnay boshlaydi

Elektropoyezd konditsioner, USB portlar va imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus moslamalar bilan jihozlangan.

18-iyuldan 7050/7049-sonli “Toshkent–Bekobod–Toshkent” shaharlararo elektropoyezdi yangi zamonaviy tarkibda qatnay boshlaydi. Bu haqda "Shahar atrofida yo‘lovchi tashish" MChJ matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi elektropoyezd konditsioner tizimi, USB quvvatlantirish portlari, zamonaviy o‘rindiqlar, videokuzatuv va audio-axborot tizimi bilan jihozlangan. 

Shuningdek, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus chiqish-tushish moslamalari va alohida o‘rindiqlar ham mavjud.

Poyezd Toshkent markaziy vokzalidan har kuni soat 18:34 da jo‘nab, Bekobodga 21:38 da yetib boradi. Qarshi yo‘nalishdagi qatnov esa Bekoboddan 06:00 da boshlanib, Toshkent markaziy vokzaliga 09:16 da yetib keladi.

Chipta narxi kattalar uchun 15 ming so‘m, bolalar uchun esa 9 ming so‘m etib belgilangan. Chiptalarni temir yo‘l kassalari va e-ticket.railway.uz orqali xarid qilish mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling