Asman Airlines Issiqko‘ldan Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Qirg‘izistonning davlat aviakompaniyasi Tomchi–Toshkent yo‘nalishidagi ilk reysni amalga oshirdi.

15-iyul kuni Qirg‘izistonning Asman Airlines aviakompaniyasi Tomchi (Issiqko‘l) – Toshkent yo‘nalishidagi ilk parvozni amalga oshirdi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Dash 8-400 samolyoti Toshkent xalqaro aeroportida aviatsiya an‘anasiga muvofiq suv arkasi bilan kutib olindi. Toshkentdan Issiqko‘lga ilk reys bilan 68 nafar yo‘lovchi jo‘nab ketdi.

Parvozlar charter asosida Dash 8-400 samolyotlarida haftasiga bir marta — chorshanba kunlari amalga oshiriladi. 

Asman Airlines joriy mavsumda Toshkent–Issiqko‘l yo‘nalishiga qatnovlarni yo‘lga qo‘ygan ikkinchi aviakompaniya bo‘ldi. Mazkur yo‘nalishda Centrum Air ham muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.

Kelgusida aviakompaniya Toshkent–O‘sh va Toshkent–Qorako‘l yo‘nalishlarini ochish, shuningdek, Bishkek hamda Farg‘ona vodiysi aeroportlariga parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling