Toshkent viloyati Zangiota tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘li bo‘yidagi avtomobillarga propan gaz to‘ldirish shoxobchasida 16-iyul kuni soat 22:46 da chaqnash yuz berdi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Hodisa propan saqlash sig‘imi hamda propan gaz tashishga mo‘ljallangan maxsus avtomobilda sodir bo‘lgan.
Voqea joyiga qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan yetib borib, yong‘inni o‘chirish ishlarini boshlagan. Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan.
Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida uch nafar fuqaro tan jarohati olgan. Ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib ketilgan.