Dam olish kunlari ham havo harorati 48 darajagacha ko‘tariladi, keyingi haftadan salqinlashadi

21-iyuldan boshlab harorat 6–9 darajaga pasayishi prognoz qilinmoqda.

“O‘zgidromet” prognoziga ko‘ra, bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘ylab anomal issiq ob-havo kuzatiladi. 

Kunduz kunlari havo harorati 42–45 darajagacha, janubiy va cho‘l hududlarda esa 46–48 darajagacha ko‘tariladi.

Shamol 9–14 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15–18 m/s gacha, shimol, janub va cho‘l hududlarida esa ba‘zan 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi kutilmoqda.

20-iyul, dushanba kuni respublikaning katta qismida ekstremal issiq saqlanib qoladi. Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda harorat pasaya boshlaydi. 

21-iyul, seshanba kunidan boshlab esa butun mamlakat bo‘ylab havo harorati 6–9 darajaga pasayishi prognoz qilinmoqda.

Toshkent shahrida bugun havo 41–43 daraja, shanba va yakshanba kunlari esa 43–45 darajagacha isiydi. Kechalari havo harorati 25–28 daraja atrofida bo‘ladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling