O‘zbekiston hududi bo‘yicha 8-10-avgust kunlari asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun havo harorati asosan kunduzi 35-37 daraja, janubda 40 darajagacha bo‘ladi, bu avgust oyi birinchi o‘n kunligining iqlimiy me‘yoriga yaqindir.
Dam olish kunlari harorat kunduz kunlari 37-40 daraja atrofida, janubda 42 darajagacha ko‘tariladi
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 10 avgustda respublika shimolidaba‘zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi. Shamol sharqdan3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 21-23 daraja, kunduz kunlari8-avgustda 35-37 daraja, 9-10-avgustda 37-39 daraja bo‘ladi.