Ispaniya 2026-yilgi Jahon chempionati finalida Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixidagi ikkinchi mundial bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv davomida Ispaniya tashabbusni qo‘ldan bermadi va ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratdi. Argentina esa asosan himoyaga tayanib harakat qildi va deyarli hujum qila olmadi.
Qo‘shimcha vaqtning 106-daqiqasida Niko Uilyamsning uzatmasidan so‘ng Ferran Torres aniq zarba bilan hisobni ochib, final taqdirini hal qildi.
Final Argentina uchun yana bir murakkab palla bilan esda qoldi. Enso Fernandes qizil kartochka olib maydonni tark etdi va janubiy amerikaliklar uchrashuvning hal qiluvchi qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.
Ispaniya esa son jihatidan ustunlikdan unumli foydalanib, chempionlikni rasman o‘ziniki qildi.
Shu tariqa, Luis de la Fuente shogirdlari Yevropa chempionligidan keyin jahon chempionligini ham qo‘lga kiritdi.
Argentina esa ketma-ket ikkinchi mundial finaliga chiqqan bo‘lsa-da, bu safar chempionlikni himoya qila olmadi.