Qashqadaryo viloyatiga jamoat transporti uchun navbatdagi 38 ta zamonaviy avtobus olib kelindi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtobuslar Prezidentning jamoat transporti tizimini isloh qilishga oid qarori hamda Qarshi shahri transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasiga muvofiq tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan keltirilgan.
Yangi avtobuslar Qarshi shahrida brutto-shartnoma tizimida xizmat ko‘rsatadigan ikkita yangi yo‘nalishga biriktiriladi.
Natijada shaharda ushbu tizim asosida ishlaydigan avtobus yo‘nalishlari soni 14 taga, ularda harakatlanadigan avtobuslar soni esa 164 taga yetadi.