O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi e‘lon qilindi

Bunga 21–24-iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab bo‘ladi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 21–24 iyul kunlari yog‘ishi kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Xususan, sel-suv toshqinlari Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatining tog‘oldi hamda tog‘li tumanlari, shuningdek Angren, Olmaliq va Xonobod shaharlarida kuzatilishi mumkin.

Bundan tashqari, respublikaning ayrim hududlarida kuchli yomg‘irlar oqibatida yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjud.

Shuningdek, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjud. 

Sinoptiklar tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling