Toshkent metrosiga yana uchta yangi poyezd olib kelindi

Yil boshidan buyon metrodagi yangi poyezdlar soni 47 taga yetdi.

20-iyul kuni Toshkent metropoliteniga yana uchta zamonaviy harakat tarkibi olib kelindi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bundan avval 12-iyul kuni ham uchta yangi poyezd yetkazib berilgandi. Joriy yilda xarid qilingan tarkiblar hisobiga metropolitendagi zamonaviy harakat tarkiblari soni 47 taga yetdi.

Shuningdek, 2026-yil sentyabriga qadar yana 8 ta to‘rt vagonli harakat tarkibini xarid qilish rejalashtirilgan.

Metropolitenga ko‘ra, yangi poyezdlar yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatish, qatnovlar oralig‘ini qisqartirish hamda vagonlar parkini bosqichma-bosqich to‘liq yangilashga xizmat qiladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling