Taʼmirlash ishlari tufayli Yangihayot va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga 8-avgust kuni gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Yangihayot tumani (10:00 dan 18:00 gacha): “Binokor" MFY
- Aholi xonadonlar soni: 78 ta bir qavatli kotejlar
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 5 ta
Sergeli tumani (11:00 dan 16:00 gacha): “Eshonbuloq” MFY
- Aholi xonadonlar soni: 580 ta yerli xonadon, 2 ta 2 qavatli uy
- Ulgurji iste‘molchilar soni 18 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.