Xorazm viloyatining Urganch shahar, “Jannatmakon” ko‘chasida joylashgan avtomobillarga mobil yoqilg‘i quyish shaxobchasi hududida 8-avgust soat 19:47 da yong‘in sodir bo‘ldi.
Ëng‘in yoqilg‘i tashuvchi avtosisternadan yoqilg‘i saqlash rezervuarga benzin yoqilg‘isini to‘kish vaqtida kelib chiqqan.
Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 19:50 da yetib borib, yong‘in soat 19:56 da qurshab olingan va soat 20:06 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida mobilsisternada 3 tonna benzin yoqilg‘isi yonib zararlangan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.