Nukusda bir yillik xizmatni o‘tayotgan 19 yoshli askar 5 kishini pichoqladi

Jabrlanuvchilarning 1 nafari vafot etgan

Nukusdagi FVVga qarashli harbiy qismda bir yillik xizmatni o‘tayotgan askar 5 nafar fuqaroni pichoqladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Repost.uz'ga xaabr berdi.

Ma’lum qilinishicha, 3 yanvar kuni 19 yoshli askar harbiy qismda xizmatdoshini urib, muassasadan chiqib ketgan. Mast holatda eshigi ochiq turgan xonadonga kirib, oshxona pichog‘i va chopiq bilan uxlab yotgan 5 nafar fuqaroni sababsiz pichoqlagan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi va 25, 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) 2-qismi «a», «l» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 2005 yilda tug‘ilgan gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.

Jabrlanuvchilarning 1 nafari vafot etgan, qolgan 4 nafariga shifoxonada zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Nukus harbiy prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling