Dam olish kunlari issiq biroz pasayadi

Bugun va shanba kuni harorat 43 darajagacha ko‘tarilishi, yakshanba kuni esa 2−3 darajaga pasayishi kutilmoqda.

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi

Kunduzgi havo harorati 37-40 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda ba‘zi joylarda 41-43 darajagacha bo‘ladi. 

Yakshanba kuni issiq biroz kuchsizlashadi, ammo hozircha uncha sezilarli bo‘lmasada, lekin harorat 2-3 darajaga pasayadi. Harorat asosan kechalari 21-26 daraja bo‘ladi.

Shu kunlarda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat bugun kunduzi respublikaning tog‘li hududlarida ba‘zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublika bo‘yicha ba‘zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

Toshkentda bugun va dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati asosan kechalari 23-26 daraja, kunduz kunlari bugun va ertaga 38-40 daraja, yakshanba kuni esa 36-38 daraja bo‘ladi. 

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba‘zi joylarda 10-14 m/s gacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling