Toshkentda 16 yoshli bola mashina haydab, YPX inspektorini urib yubordi

Inspektor tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent shahrining Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasida 25-fevral kuni soat 21:46 da YTH sodir bo‘ldi.

Unda 2010-yilda tug‘ilgan 10-sinf o‘quvchisi BMW M4 avtomashinasini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, YPX inspektorini urib yuborgan.

Inspektor tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling