KXDR: "Biz Rossiyaga qurol-yarog' sotmayapmiz"

KXDR Vashingtonni "o'ylamasdan so'zlarni" to'xtatishga va "og'zini yopishga" chaqirgan.

Foto: bbc

Foto: bbc

Shimoliy Koreya Rossiyaga hech qachon qurol yoki o‘q-dori yetkazib bermaganini va buni rejalashtirmayotganini aytdi. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar qildi.

“Yaqinda AQSH va boshqa dushman kuchlar KXDR va Rossiya oʻrtasida “qurol savdosi haqidagi mish-mishlar” tarqatib, BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasini buzganligi haqida gaplashishdi. KXDR Rossiyaga hech qachon qurol yoki o‘q-dorilar eksport qilmagan va biz ularni eksport qilishni rejalashtirmaymiz”, — dedi payshanba kuni davlat nazoratidagi KCNA axborot agentligi.

KCNA rasmiydan iqtibos keltirgan holda, Vashingtonni "o'ylamasdan so'zlarni" to'xtatishga va "og'zini yopishga" chaqirgan.

Ma'lum bo'lishicha, Bayden maʼmuriyati rasmiylari shu oy boshida AQSh razvedkasining Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashining Pxenyanga qurol olib kirish yoki eksport qilishni taqiqlovchi sanksiyalarini buzgan holda Rossiyaga qurol sotish jarayonida ekanligi haqidagi maxfiy maʼlumotlarini tasdiqlagan.

Seuldagi Evha universiteti professori va Shimoliy Koreya ishlari bo‘yicha sharhlovchi Leif-Erik Eslining aytishicha, rejimning qurol sotishni rad etishiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kerak.

“Shimoliy Koreya qurol-yarog‘ savdosini stol ostida ushlab turishni afzal ko‘radi, chunki bunday bitimlar sanksiyalarga ta’sir qilishi mumkinligi sababli emas, balki Pxenyan mijozlari boshqa noqonuniy xatti-harakatlarga ham aralashib qolishadi”, — deydi Leif-Erik.

Iyul oyida Shimoliy Koreya Rossiya va Suriyadan tashqari Donetsk va Lugansk hududlari mustaqilligini tan olgan yagona davlatga aylangan.

Ikkinchi jahon urushi yakunida Koreyaning 35 yillik Yaponiya hukmronligidan ozod qilinganining o‘tgan oy yubileyiga bag‘ishlangan maktubida Putin Shimoliy koreyalik hamkasbi Kim Chen Inga o‘z mamlakatlari “umumiy sa’y-harakatlar bilan keng qamrovli va konstruktiv ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirishini ” yozgan.

Kim Putinga yoʻllagan maktubida ikki davlat oʻrtasidagi “strategik va taktik hamkorlik, qoʻllab-quvvatlash va hamjihatlik” “dushman harbiy kuchlar” tahdidlari va provokatsiyalarini bartaraf etishga qaratilgan umumiy saʼy-harakatlari fonida yangi bosqichga koʻtarilganini aytgandi.

Shuningdek, KXDR AQShning qurol savdosi haqidagi “beparvo” xabarlari uning obro‘siga putur yetkazishga urinish ekanligini qo‘shimcha qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling