Toshkentdagi Bo‘rijar kanalida 5-may kuni ikki nafar qizaloq kanalga tushib ketdi. Buni ko‘rgan Abdumannop Samiqov o‘zini suvga tashlab, norasidalar hayotini saqlab qoldi. Ammo uning o‘zi qahramonlarcha halok bo‘ldi.
Davlat rahbari marhumning rafiqasi va farzandlariga hamdardlik bildirdi. Prezident marhum Abdumannop Samiqovni “Jasorat” medali bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Shuningdek, qizaloqlarni qutqarishda jonbozlik ko‘rsatgan “Bo‘rijar” sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev ham “Jasorat” medali bilan taqdirlandi.
"Bu mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, vatan qahramonlariga hurmat ko‘rsatish borasidagi eʼtiborning yana bir ifodasi bo‘ldi. Kuchli va mehr-oqibatli jamiyatda insoniylik hech qachon unutilmaydi", deb yozgan Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.