Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Surxondaryoda soliqchi pora bilan ushlandi

Hozirda soliq inspektori va uning sherigi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Farg‘ona, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida korrupsion holatlar aniqlandi, deb xabar berdi DXX.

Yanvar oyida Farg‘ona viloyati, Furqat tumanidagi “Yoshlar kichik sanoat zonasi” hududidan mahalliy MCHJga qurilish materiallari ishlab chiqarish maqsadida uzoq muddatga 22 sotix yer ijaraga berilgan.

Lekin, muqaddam sudlangan MCHJ rahbari ushbu yerni xaridorga 52 ming dollarga sotishga kelishib hamda “Kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi”da ishlovchi tanishi orqali uning nomiga xususiylashtirib berishi evaziga 15 ming dollar, jami 67 ming dollar talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda direksiyaning tuman bo‘yicha yetakchi mutaxassisi MCHJ rahbari bilan birga 15 ming dollarni olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati Qurilish xo‘jaligi yuristkonsulti viloyat maʼmuriy sudining apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilayotgan maʼmuriy ishni Bo‘ka tumanida aholiga xizmat ko‘rsatuvchi MCHJ taʼsischisi foydasiga ijobiy hal qilib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 15 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan yuristkonsultga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani davlat soliq inspeksiyasining soliq inspektori 1999-y.t. fuqaro bilan mahalliy tadbirkorga tegishli bo‘lgan MCHJning 19,4 mln so‘mlik soliq qarzdorligini so‘ndirib berish evaziga 8 mln so‘m talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda, dastlab 1999-y.t. fuqaro so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.

So‘ngra ushbu fuqarodan 6 mln so‘mni uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida soliq inspektori qo‘lga olindi.

Hozirda soliq inspektori va uning sherigi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling