Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida qor ko‘chish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, bunga 12-13-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sabab bo‘ladi.
Ushbu hududlar: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlarining (Chotqol tizmasining tog‘lari) tog‘li hududlar.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralmoqda.