Botanika bog‘ida velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

Bu – barcha uchun bog‘da xavfsiz, tinch va osuda piyoda sayr qilish muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

1-apreldan boshlab Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi. Bu haqda Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, mazkur chora barcha uchun bog‘da xavfsiz, tinch va osuda piyoda sayr qilish muhitini yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda. 

"Tabiat go‘zalligidan piyoda sayr qilib, xotirjam bahra olishingiz uchun barcha sharoitlar saqlab qolinadi", – deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling