Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in oqibatida qariyb 1 gektar maydondagi quruq o‘t va shox-shabbalar yonib ketgan.

12-avgust kuni soat 17:15 da Boysun tumanidagi “Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi”ga qarashli “Xomkon” o‘rmon bo‘limi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati FVB xabar berdi.

Yong‘inni bartaraf etishga viloyat FVBdan 194 nafar xodim va 8 ta texnika, o‘rmon xo‘jaligidan 60 nafar xodim va 3 ta texnika hamda mahalliy aholidan 55 nafar ko‘ngilli jalb qilindi.

13-avgust kuni soat 17:30 ga kelib yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Natijada taxminan 1 gektar maydondagi quruq o‘t va shox-shabbalar yonib ketgan.

Hodisa oqibatida fuqarolar tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling