Qashqadaryoda bozor rahbari qo‘lga olindi, deb xabar berdi DXX.
Dehqonobod tumanida faoliyat yurituvchi bozorlardan birining rahbari tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga bozor hududida joylashgan do‘kon sotishini aytgan.
Ammo do‘konning hujjatlari bo‘lmagan. Sotgach, uning nomiga rasmiylashtirib berishini vaʼda qilgan.
Buning evaziga 80 mln so‘m talab qiladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs tadbirkordan 6600 dollar olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.