Ten Xag zaxirada qolayotgan Ronaldu haqida: “Unga ham doʻst, ham ustozman”

Manchester Yunayted bosh murabbiyi Erik ten Xag shogirdi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi

Foto: gettyimages

Foto: gettyimages

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag shogirdi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

“Men unga doʻst, baʼzida esa ustoz boʻlaman. Bu vaziyatga bogʻliq. Barchamizga maʼlumki, u mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida qatnashmadi va buni oʻtkazib yuborish mumkin emas. Bu ayniqsa, biz koʻrsatadigan oʻyin uslubimizning asosi boʻladi. Bu talablarga, oʻyinchilarning maydondagi oʻziga xos joylashuviga bogʻliq. Boshqa jihat esa jismoniy holat”, deydi niderlandiyalik mutaxassis.

Eslatib oʻtamiz, 37 yoshli portugaliyalik joriy mavsum APLda beshta uchrashuvda maydonga chiqib, birorta ham samarali natija koʻrsatolmadi. U bir marta asosiy tarkibda bahsni boshladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling