Turkiyada vafot etgan o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi

Bursada mehnat faoliyatini olib borgan Xorazmlik 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosining jasadi Migratsiya agentligi ko‘magida yaqinlariga topshirildi.

Turkiyaning Bursa viloyati, Inegol tumanida mehnat faoliyatini olib borgan O‘zbekiston fuqarosi Oybek Niyozov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Bosh konsulxona marhumning yaqinlariga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatgan hamda Turkiyaning vakolatli idoralari bilan tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirgan.

Shuningdek, Migratsiya agentligi tomonidan ko‘rsatilgan moddiy ko‘mak asosida marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelinib, yaqinlariga topshirilgan.

Qayd etilishicha, marhumning o‘limi sabablari yuzasidan Turkiyaning vakolatli organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling