Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Buxoroda 5 nafar ishchi kanalizatsiya quvurida oqib ketdi

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati, Buxoro tumani, “Bog‘idasht” qishlog‘idan o‘tuvchi Markaziy kanalizatsiya quvuriga 4-sentyabr kuni soat 12:00 larda 5 kishi ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, ushbu shaxslar Buxoro shahar 7-mikrorayonda qurilayotggan yangi ko‘p qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini ushbu markaziy quvurga ulayotgan ishchilar bo‘lgan.

“O‘rta Osiyo qurilish” MCHJga qarashli Kamaz rusumli kran haydovchisi tomonidan hajmi 1000 diametr, chuqurligi 8 metr bo‘lgan kanalizatsiyaga yangi qazilgan kanalizatsiyani birlashtirish uchun ichki tomondan tuynuk ochish maqsadida viloyat Suv va oqava taʼminoti bo‘yicha injinering kompaniyasining ruxsatsiz qopqoqni joyidan ochib, olib qo‘yilgan.

Mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganligi sababli 5 kishi ushbu kanalizatsiyaga tushib ketib, kuchli oqim tufayli oqib ketgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida Zarmanoq MFY hududidan o‘tuvchi oqova suvlarni uzatgich punktidagi quvurlar ichidan 3 kishining jasadlari topilgan. Qolgan 2 kishini topish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu holat yuzasidan JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling