Toshkentning Chilonzor tumanidagi Kichik halqa yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.
Yo‘l ta‘mirlash ishlari sabab 6-avgust soat 00:00 dan 10-avgust soat 08:00 gacha Chilonzor metrosidan Arnasoy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir qismida transport harakati vaqtincha cheklanadi.
Hokimlik haydovchilar va yo‘lovchilarga yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish hamda muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.