Ekoqo‘mita Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi 20-fevral kuni Toshkentning Chilonzor tumanida reyd o‘tkazdi. Bu haqda poytaxt Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Reyd davomida “PD Estates” korxonasiga tegishli hududda qurilish ishlari olib borilayotgani aniqlandi.
Mazkur hududda sog‘lom o‘sish holatida bo‘lgan jami 12 tup daraxt, shundan 9 tupi muddatsiz davrga uzaytirilgan moratoriy talablariga zid ravishda, tegishli ruxsatnomalarsiz ildiz qismi bilan qo‘porib olingani ma‘lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi hamda tabiatga 351,2 mln so‘m zarar yetkazilgani hisoblahndi.
Hozirda to‘plangan hujjatlarni huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborish choralari ko‘rilmoqda.