Toshkent shahridagi barcha avtobuslarda 1 yanvardan yo‘lkira to‘lovlarini naqd shaklda to‘lash to‘xtatildi. Endilikda yo‘l haqini naqd pul ko‘rinishida bergan yo‘lovchi jarimaga tortiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
"Agar yo‘lovchi yo‘l haqini naqd ko‘rinishda qabul qiladigan bo‘lsa, haydovchi qabul qilmasligi kerak. Vaziyat Transport inspeksiyasining hududiy inspektorlari tomonidan nazorat qilinadi. Birinchi safar ogohlantirish beriladi. Ogohlantirishga qaramasdan huquqbuzarlik takrorlanadigan bo‘lsa, o‘rnatilgan tartibda haydovchiga ham yo‘lovchiga ham ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi", — deydi deydi Transport nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi inspektori Salimjon Nishonboyev..
Yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga asosan tuziladi va bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan biri miqdorida jarima belgilanadi.
Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 375 ming bo‘lsa, 37 ming 500 so‘m miqdorida fuqaro jarimaga tortiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling