Chirchiqda Lacetti daraxtga urildi, haydovchi halok bo‘ldi

Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIBB YHXB xabar berdi.

Hodisa 24-iyul kuni soat taxminan 06:30 da D006 “Toshkent–Chirchiq–Chimyon” avtomobil yo‘lining 27-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, 1995-yilda tug‘ilgan haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.

Oqibatda haydovchi olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Avtomobilda bo‘lgan yo‘lovchilar esa shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling