Toshkent viloyatida tabiatga qariyb 700 milliard so‘m zarar yetkazildi

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan Chirchiq daryosi hududida navbatdagi nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Reyd davomida fuqaro A.Q. daryodan 1 dona "Volvo" rusumli ekskavator hamda 2 dona "HOWO" rusumli yuk transport vositasi yordamida tabiiy qum-shag‘al qazilib, "S.Q.M" MCHJ tosh maydalash syexiga tashib olib ketilayotganligi aniqlandi.

Qonunbuzarlik natijasida tabiatga 674 milliard 048 million 699 ming 520 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling