Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chirchiq daryosining o‘rtasidagi orolchada 12-iyul kuni soat 17:09 da bir nafar fuqaro qolib ketgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma‘lum qildi.
Aniqlanishicha, fuqaro daryoning o‘rtasidagi orolchaga suzib borgan, biroq kuchli oqim sabab ortga qayta olmagan. Holatni ko‘rgan sheriklari “112” qisqa raqami orqali FVVga murojaat qilgan.
Shundan so‘ng Toshkent viloyati FVBB qutqaruvchilari maxsus texnika bilan voqea joyiga yetib borib, fuqaroni xavfsiz tarzda orolchadan evakuatsiya qilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmadi.