Bahodir Xudoyqulov Chiroqchi tumani hokimi bo‘ldi

Tayinlovga qadar u Shahrisabz tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xalq deputatlari Chiroqchi tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi 4-fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Deputatlar Bahodir Xudoyqulovni Chiroqchi tumani hokimi lavozimiga tasdiqladi.

Xudoyqulov faoliyati davomida 2018-2024 yillarda Chiroqchi tumani prokurori vazifasida ishlagan.

Tayinlovga qadar u Shahrisabz tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling