Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Samarqanddagi aeroport hududida Cobalt va skuter to‘qnashdi

Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqand shahri, Ibn Sino ko‘chasi — aeroport hududida 4-sentyabr kuni soat 01:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Cobalt haydovchisi tezlikni me‘yoridan oshirgan holda harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lda harakatlanayotgan skuterni urib yuborib, aeroport kirish qismidagi avtomatik to‘siqqa borib urilgan.

Hodisa oqibatida skuter haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahri IIO FMB JXX YHXB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling