Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida 14-martda kechqurun va 15-mart kuni ba‘zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi havo 8-13 daraja iliqqacha, shanba va yakshanba kunlari esa 14-17 daraja iliqqacha isiydi.
Kechalari ham harorat ko‘tariladi. Mamlakat hududining katta qismida kechalari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Faqat respublikaning ayrim joylarida kechalari kuchsiz sovuq saqlanib turadi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Toshkentda 13-15 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Havo harorati bugun kunduzi 11-13 daraja iliq, dam olish kunlari esa 13-15 daraja iliq bo‘ladi. Harorat kechalari 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq bo‘ladi.