Darxondagi ko‘p qavavtli binoda yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida 16-mart kuni soat 16:30 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVBB xabar berdi.

Qutqaruv ekipajlari soat 16:38 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 16:52 da qurshab olingan va soat 16:59 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling