Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 21-yanvar kuni Davos shahrida Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveysariyaga jo‘nab ketdi.
Avvalroq O‘zbekiston yetakchisi kengashga ta‘sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.
Davlat rahbari AQSh prezidentiga yo‘llagan maktubida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik mojarolarni hal etish, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta‘minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanayotganini ta‘kidlagandi.