Respublika bo‘yicha 23-24-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 23-dekabr kuni kechasi va ertalab ba‘zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin.
25-26-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi. 26-dekabrda Toshkent viloyatida ba‘zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ushbu kunlarda respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati asosan kechalari 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduz kunlari 22-dekabrda 0-5 daraja iliq bo‘ladi. 23-25-dekabrda asta-sekin 5-10 darajagacha ko‘tariladi, 26-dekabrda 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Respublika bo‘yicha ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
22-23-dekabrda yo‘llarda ba‘zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Tog‘li hududlarda ba‘zi joylarda qor yog‘adi Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda 22-25-dekabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 23-dekabrda kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 22-23-dekabrda yo‘llarda ba‘zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Harorat kechalari 1 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 22-dekabrda 2-4 daraja iliq bo‘ladi, 23-25-dekabrda asta-sekin 7-9 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
26-dekabrda vaqti-vaqti bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi va kunduzgi harorat biroz pasayadi.