Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

To‘rt oyda respublika bo‘ylab 27 ming gektardan oshiq dala maydonlari noqonuniy yoqib yuborildi

Respublikaning 13 ta hududida noqonuniy yoqib yuborilgan maydonlar aniqlangan.

May–avgust oylarida g‘alladan bo‘shagan yerlarda somon poyalarining noqonuniy yoqilishi bo‘yicha sun‘iy yo‘ldosh ma‘lumotlaridan foydalangan holda tahliliy kuzatuvlar o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekkosmos agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Respublikaning 13 ta hududida 2 436 ta holat bo‘yicha 27 ming gektardan ziyod ehtimoli yuqori bo‘lgan noqonuniy yoqib yuborilgan maydonlar aniqlangan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilda 31 ming 542 gektarni tashkil etgan edi.  

Joriy yilgi hududlar taqsimoti quyidagicha:

1. Toshkent viloyatida 11 ming 829 gektar (870 ta holat)

2. Andijon viloyatida 7 ming 665 gektar (738 ta holat)

3. Surxondaryo viloyatida 2 ming 104 gektar (279 ta holat)

4. Namangan viloyatida 1 ming 542 gektar (110 ta holat)

5. Samarqand viloyatida 1 ming 076 gektar (143 ta holat)

6. Sirdaryo viloyatida 1 ming 55 gektar (83 ta holat)

7. Jizzax viloyati 904 gektar (61 ta holat)

8. Farg‘ona viloyatida 519 gektar (66 ta holat)

9. Buxoro viloyatida 256 gektar (43 ta holat)

10. Xorazm viloyatida 99 gektar (31 ta holat)

11. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 52 gektar (9 ta holat)

12. Qashqadaryo viloyatida 14 gektar (2 ta holat)

13. Navoiy viloyatida 8 gektar (1 ta holat)

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling