“Dizayn” shou jamoasining a‘zosi, so‘z ustasi Dilshodbek Musabekov 50 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
U 1975-yili Andijon viloyatida tug‘ilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda qiziqchi shifoxonaga tushib qolgani aytilgan xabarlar tarqalmoqda.
"Uning vafoti nafaqat oilasi, balki butun san‘at ahli va minglab muxlislari uchun kutilmagan va katta yo‘qotish bo‘ldi", deyiladi Madaniyat vazirligi xabarida.