Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.
Ishlar doirasida Temur Malik va Hamrayeva ko‘chalari kesishmasida yuqori kuchlanishli kabel o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan Temur Malik ko‘chasining Do‘rmon yo‘li ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 13-may soat 23:00 dan 14-may 06:00 ga qadar yopiladi.
Haydovchilardan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanib o‘tish yo‘llaridan foydalanish so‘ralmoqda.