O‘zbekiston diplomatlari Efiopiya va Janubiy Afrika Respublikasi vakillari bilan viza tartibini soddalashtirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Efiopiya tashqi ishlar davlat vaziri Xadera Abera hamda JAR Tashqi ishlar vazirligi vakili Sandiwe Fadana bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazgan.
Tomonlar O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rasmiylashtirishni soddalashtirish, viza olish jarayonini yengillashtirish va vizasiz tartibni joriy etish istiqbollarini muhokama qildi.
Uchrashuvlar yakunida viza tartibini soddalashtirish orqali turizm, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.