Kontent uchun ekologiyaga zarar yetkazgan bloger 1,8 mln so‘m jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jasjan” tomonidan Toshkent tumanida hayot uchun xavfli va ekologiyaga zarar yetkazilgan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Jasjan” nomli bloger J.Sh. tomonidan Toshkent tumanida hayot uchun xavfli va ekologiyaga zarar yetkazilgan video tarqaldi va jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. Holat Ekologiya vazirligi va Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganildi.

Natijada J.Sh. atrof-muhitni ifloslantirib, belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog‘liq huquqbuzarlikni qasddan, jamoaviy sodir etgani ma’lum bo‘ldi.

Unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirildi va BHMning 5 baravari — 1 million 875 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

"Ta’kidlash joizki, J.Sh. tomonidan bunday huquqbuzarlik avval ham sodir etilgan. Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan holatga huquqiy baho berilmoqda va qat’iy choralar ko‘riladi. Shuningdek, huquqbuzarning hamrohlari shaxsiga aniqlik kiritilmoqda va ularga ham qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi", — deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling