Samarqand viloyatining Jomboy tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i pora olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma‘lum qilinishicha, tezkor bo‘lim boshlig‘i J.R. “Zarafshon” mahallasida 150 tup terak daraxti kesilgani yuzasidan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha chora ko‘rmaslikka va‘da bergan.
U tabiatga yetkazilgan zarar miqdorini kamaytirish hamda transport vositasini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga fuqarodan qiymati 11 mln so‘m bo‘lgan kompyuter jamlanmasini olgan vaqtida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.