Adliya vazirligi tomonidan Farg‘ona viloyatiga xos “Qo‘qon holvasi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Mahsulotning geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi uning nomi va an‘anaviy tayyorlash texnologiyasining huquqiy himoyasini ta‘minlaydi.
Shuningdek, mahsulotning o‘ziga xosligi va sifatini saqlashga xizmat qiladi.
"Mazkur ro‘yxatga olish Farg‘ona viloyatining gastronomik merosini asrash, hududning milliy brendini rivojlantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi", – deyiladi xabarda.