Toshkentning Yunusobod tumanida 8-iyul kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, bunga 10-mavzeda joylashgan yuqori bosimli gaz taqsimlash punktida taʼmirlash ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.
Aholi isteʼmolchilari:
- Yunusobod 2–19-dahalaridagi ko‘p qavatli uylar;
- “Anorzor”, “Shahriston”, “Kulolqo‘rg‘on”, “Yo‘lariq”, “Turkiston”, “Bobodehqon”, “Oqtepa”, “Obod”, “Posira”, “Otchopar 1”, “Otchopar 2” MFYlaridagi ko‘p qavatli uylar hamda yerli xonadonlar;
- Registon, Mirzaahmedova, Moyqo‘rg‘on, Binkat va Bog‘ishamol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar hamda yerli xonadonlar.
Ulgurji isteʼmolchilar:
- 8 ta AGTKSH, tumandagi yirik isteʼmolchilar hamda kichik va o‘rta biznes korxonalari
Shuningdek, tumanning quyidagi hududlaridagi isteʼmolchilar gaz bosimida pasayish kuzatilishi mumkin:
- “Yunusobod”, “Posira”, “Hiyobontepa”, “Bodomzor”, “Shivli”, “Firdavsiy”, “Yangitarnov”, “M.Ulug‘bek”, “Buyuk Turon”, “Bo‘zsuv”, “Iftixor”, “Jomiy”, “To‘raqo‘rg‘on”, “Yangiariq” va “Usta Shirin” MFYlari.
Taʼmirlash ishlari yakunlangandan so‘ng gaz taʼminoti qayta tiklanadi.