Qashqadaryoda 4,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

Holatlar Kasbi hamda Koson tumanlarida fosh etilgan.

Qashqadaryo viloyatida suv nasoslari orqali jami 4,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

Kasbi tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida “U. M.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulangani aniqlandi.

Natijada 1 mlrd 841 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi ma‘lum bo‘ldi.

Shuningdek, Koson tumanda fuqaro M. Sh. ga tegishli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. 

Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2 mlrd 428 mln so‘mni tashkil qildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling