Qashqadaryoda Nexia-2 ning gaz balloni yorilishi oqibatida bir kishi vafot etdi

Hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Qashqadaryo viloyati, Muborak tumani “Quruvchilar” mahallasidan o‘tgan yo‘lda 8-iyul kuni soat 07:32 da Buxoro viloyati tomon harakatlanib ketayotgan Nexia-2 avtomashinaga o‘rnatilgan metan gaz balloni yorilgan. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.

Hodisa oqibatida avtomashinada bo‘lgan avtomobil ichidagi bir fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, ikki kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hodisa oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling